Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIAL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 17-“Bek-to‘pi” saylov okrugi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov Al-Xorazmiy mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, podpolkovnik R.A. Matchanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishining oldini olish, bezorilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahallada jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida mahalla posbonlari, profilaktika mas’ullari va yoshi ulug‘ fuqarolarning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Xususan, mahallada notanish va shubhali holatlarni o‘z vaqtida payqash, huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganda tegishli organlarga xabar berish, fuqarolar o‘rtasida hushyorlik va hamjihatlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Deputat tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavf omillarini erta aniqlash hamda yoshlar bilan samarali profilaktik ishlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3