Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi

#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan Bahor mahallasidagi “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Mazkur o'gnaish jarayonida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov hamrohlik qildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi hamda fuqarolarning bandligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, hozirda 16 nafar yoshni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan “Mahalla yettiligi” a’zolariga mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, yoshlar bandligini ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.