Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 19 nafar yosh otaliqqa olingan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarga 700 nafardan ortiq yoshlar jalb etilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mahalla shahar miqyosida kuchli uchlikdan joy olgani qayd etildi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarda yashovchi 8 nafar yosh bepul o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan. Bu esa ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasb egallash hamda kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Bundan tashqari, 2 nafar yoshning ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi. O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4