Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim U.Kenjaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada 115 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shuningdek, hududda jami 131 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilishi qayd etilgan. Ulardan 14 nafari I guruh, 93 nafari II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 32 nafari esa bolalikdan nogironligi bo‘lgan fuqarolardir.

Mahallada nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik hayotdagi ehtiyojlarini qondirish va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, ehtiyojmand fuqarolarga 4 ta nogironlik aravachasi, 7 ta hassa, 3 ta eshitish apparati va 2 ta protez ajratilgan. Bundan tashqari, 34 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari, 15 nafar fuqaroga kiyim-kechak xarid qilish uchun vaucherlar berilgan.

Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj 3 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlab berilgan. Ushbu chora-tadbirlar fuqarolarning zarur ehtiyojlarini qondirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

О‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4