Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Yangiobod tuman texnikumida yengil konstruksiyali o‘quv ustaxonasi qurilishi holati o‘rganildi.

Bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy o‘quv infratuzilmasining o‘rni muhim. Shu jihatdan, texnikumda yangi o‘quv ustaxonasining barpo etilishi ta’lim oluvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yengil konstruksiyali ustaxonaning qurilish holati hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv ustaxonasini sifatli barpo etish, qurilish jarayonida belgilangan me’yorlarga rioya qilish va obyektni foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputatlik nazorati doirasida qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, kelgusida ustaxonadan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun zarur amaliy ta’lim sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Zamonaviy o‘quv ustaxonasi — nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirish, yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish va kelajakdagi bandligiga zamin yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 3