Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI

Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratish hudud iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Havotog‘ QFYda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ishtirok etib, ularning murojaatlari va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning kredit olish, moliyaviy ko‘makdan foydalanish, faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Respublika ishchi guruhi vakili Sh. Norkulov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R. Abdug‘aniyev, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB departament direktori B. Xudayberganov hamda tuman Soliq bo‘limi boshlig‘i Q. Mustafoqulov ishtirok etdi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Maqsad — tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish.

Slide 1 of 2