Yangiliklar

Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-49-1-19-K/26-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

O‘rganish Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi Sh.Mamarizayev tomonidan amalga oshirilmoqda.

Jarayonda qarorda belgilangan vazifalarning mas’ul tashkilotlar tomonidan bajarilishi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, nuroniylarni jismoniy faollikka keng jalb etish, ular o‘rtasida sport tadbirlari va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, belgilangan vazifalarning amaldagi natijalari va ularni ta’minlashda yuzaga kelayotgan masalalar tahlil qilinmoqda. 

Slide 1 of 4