Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Allanova tomonidan tuman hududidagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O'RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning xavfsizligi hamda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
👧👦 Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishini ta’minlash, mashg‘ulotlarning mazmunli va samarali tashkil etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sog‘lom ovqatlanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, guruh xonalari va boshqa zarur infratuzilmalarning holati ham o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
🌱 Farzandlarimizning sog‘lom, bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetishi — jamiyatimiz kelajagining muhim poydevoridir!
📌 Deputatlik nazorati — amalda!