#Kunlik_ish_reja
#19¹-modda
#Deputatlik_nazorati
Piyodalar yer usti yo‘lagi qurilishi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tashabbusi bilan deputatlik nazorati olib borildi. Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.
Angor tumani “Yangi turmush” mahallasi hududidan o‘tuvchi At-Termiziy ko‘chasidagi Angor buyum bozori hamda «Varona» savdo majmuasi o‘rtasida piyodalar yer usti yo‘lagi qurilishi jarayoni o‘rganildi.Mazkur yer usti yo‘lagining qurilishi “Novshahar Stroy” XK tomonidan olib borilayotgan bo‘lib, hozirda yo‘lning ikki tomonida ko‘prik uchun ustunlar barpo etilgan.
Buyurtmachi va bajaruvchi o‘rtasidagi 2026-yil 15-iyuldagi №271332-sonli shartnomaga asosan ishlarni tugatish sanasi 2026-yil 11-oktyabr kuni deb belgilangan.Shuningdek, “Angor kelajagi savdo kompleksi” MChJda bo‘lib, obodonlashtirish ishlarining borishi ham nazorat qilindi.
Deputatlik nazorati davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi masalalariga e’tibor qaratildi.