Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy oʼrta taʼlim maktabida 4-mart kuni 8-mart "XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI!" munosabati bilan "OʼZBEGIM QIZLARI!" koʼrik-tanlovi oʼtkazildi.
♦️Tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart boʼyicha oʼzaro bellashdilar. Tanlov natijalariga koʼra
9-"A" sinfning "Nafosat" jamoasi faxrli 1-oʼrin,
9-"B" sinfning "Bahor malikalari" jamoasi 2-oʼrin
8-"D" sinfning "Yogʼdu" jamoasi 3-oʼrin va 7-"A" sinfning "Zukko qizlar" jamoasi "Eng lobar qizlar!" nominatsiyasi bilan taqdirlandilar. Gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jamoalar maktab direktori, tuman Kengashi deputati Gulbahor Allanova tomonidan eʼtirof etildi va taqdirlandi.