Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchquduq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hurmat va e’tibor – jamiyatimizdagi eng oliy qadriyatlardan
янв.21
"XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI!" munosabati bilan "OʼZBEGIM QIZLARI!" koʼrik-tanlovi oʼtkazildi.
янв.21
“KITOBXON ONA” TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI!
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlar yoshlar huzurida
янв.21
“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi,
янв.21
KOMBINATNING “OLTIN AYOLI 2025”
янв.21
"Ayollar daftari"ni shakllantirish va mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.
SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDA MUAMMOLARINI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dildora Ismoilova Oʻktamovna Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Chamanzor” mahallasida yashovchi saylovchilari bilan uchrashib, ularni oʻylantirib kelayotgan muammolarini oʻrgandi. 

Saylovchilar bilan suhbatlashilganda, Chamanzor mahallasidan oʻtgan zaxkashlarning koʻmilib qolganligi sababli aholi tomorqalariga zaxning va shoʻrlanishning oʻtib qolishi oqibatida, tomorqa ekinlari nobud boʻlayotganidan aziyat chekayotganliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Mahalla drayveri dehqonchilik va chorvachilik ekanligi ammo aholining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda sugʻorish uchun oqar suv yetishmovchiligi muammosidan qiyinchilik va muammolarga duch kelinayotgani aholi tomonidan bayon etildi. 

Shuningdek, aholining ichimlik suvining markaziy-magistral quvurlardan mahallalarga oʻtgan ichki quvurlarining chirib-eskirib ketganligi, taʼmirtalab ahvolda ekanligi sababli aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanishida bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligini eʼtiroz etishdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi saylovchilarning sog‘ligini tiklash, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda yordam soʻrab qilgan murojaatlar deputat tomonidan eʼtiborga olindi va yechimini topish choralari ogʻzaki va deputatlik soʻrovlari orqali boshlab yuborildi. 

Slide 1 of 4