Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya
янв.21
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
янв.21
Кекса авлод – ҳаётимиз таянчи ва илҳом манбаи!
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутати Улуғбек Шерматов Халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгаши депутатлари билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Миллийлик урфда!
янв.21
"Ёшларни оилавий хаётга тайёрлаш" мактабида ёш никохланувчиларга оилавий хаёт сабоклари берилди.
янв.21
Deputatlar xalq orasida!
янв.21
OVULGA TASHRIF XALQ BILAN MULOQOT — ASOSIY MAQSAD
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI
янв.21
Yangi tashkil etilgan ekobog‘larda deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati joylarda uchrashuvlari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva hamda tuman Kengash deputat Salom Kasimovlar tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati va undagi shart-sharoitlarini o‘rgandi, deputat tomonidan kutubxonaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, o‘quv materiallarini yangilash va kitob fondini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ullarning soha rivojiga oid takliflari olindi.

Shuningdek, deputat G.Samiyeva 4-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Suhbat jarayonida mutaxassis va mas’ullar xonalarning akustik talablarga javob berishi, bino yangi bo‘lganligi sabab ham barcha cholg‘u asboblari mavjudligi va zarur sharoitlar yaratilganligini ta’kidlashdi.

Bundan tashqari, deputat G.Samiyeva Sariosiyo tumanida joylashgan, yiliga 48 ming kvadrat metr eshik va deraza romlari ishlab chiqarish quvvatiga ega “Smart Communication” MChJga tashrif buyurdi va u yerda ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishildi. 

Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Samiyeva tashabbusi bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magida tumanning Shabnam mahallasida nogironlar aravachasiga ehtiyoj bor oila farzandi uchun aravacha sovg‘a qilindi.

Slide 1 of 6