Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. tomonidan biriktirilgan mahalla hududida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.
✅Deputat tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning ijtimoiy, tibbiy va ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash masalalari nazoratga olingan.
💼Shuningdek:
▪️Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
▪️Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
▪️Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.
🏗Mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yoritish tizimlarini yaxshilash va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
🤝Belgilangan vazifalar ijrosi mahalla yettiligi, tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar va mas’ul mutaxassislar bilan hamkorlikda monitoring qilib boriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!