Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🏛 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugi deputati U.Xudoyqulov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🗣 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📋 Murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿 Xalq bilan muloqot — amaliy natija va ishonch garovi!