Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

💼 FUQAROLARNING BANDLIGINI TA’MINLASHGA E’TIBOR QARATILDI
📍 “Yangi davr” mahallasida aholini ish bilan ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar Xalq deputatlari Kengashi kotibiyat mudiri N.Turdiyev tomonidan o‘rganildi.
🔹 O‘rganishda fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, daromadli faoliyatga jalb etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
🔹 Natijada 5 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangani aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy choralardan biri sifatida qayd etildi.
🔹 Shuningdek, 12 nafar fuqaroga kredit ajratilib, ularning daromadli faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun moliyaviy imkoniyat yaratilgani o‘rganildi.
📌 Kelgusida ushbu fuqarolarning bandligi va daromad manbalining barqarorligini ta’minlash masalalarini ham nazorat qilib borish belgilandi.

Slide 1 of 2