🏛 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 4-«Do‘stlik» saylov okrugi deputati I.Raximov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan murojaatlar, taklif va muammoli masalalar bildirildi. Deputat fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularning mazmuni yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.
📌 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda deputatlik nazorati doirasida ularning ijrosini kuzatib borish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.