35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MUROJAAT O‘RGANILIB, BANDLIK MASALASI IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan Chamanzor mahallasida fuqarolarning bandlik masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro Eshanqulova Maqsuda va uning turmush o‘rtog‘i Eshonqulov Ixtiyorning bandlik masalasida qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaat yuzasidan fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda masala deputatlik nazoratiga olindi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Eshonqulov Ixtiyorning bandligi ta’minlandi.

Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2