Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi qarori asosida tumandagi 8 ta maktabda korreksion xonalarni jihozlash, shuningdek, inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilarning erkin harakatlanishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish hamda sinf xonalari yaqinidagi hojatxonalarni moslashtirish maqsadida ajratilgan mablag‘lar hisobidan olib kelingan jihozlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ta’lim muassasalariga yetkazib berilgan jihozlarning holati, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda belgilangan maqsadlar asosida joylashtirilishi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Mazkur ishlar inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.