Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohzod G‘afforov tomonidan Eskijuma mahallasida joylashgan Samarqand viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasaning bino va inshootlari holati, ta’mirlash ishlari, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.