35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari L.Karimova, M.Ravshanova, Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi S. Sanayeva tomonidan tumanda yangi tashkil etilayotgan xizmat ko‘rsatish loyihasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyihaning tashkil etilishi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar turi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, loyiha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, aholiga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4