Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Baxtiyor Shuxratovich Mahkamov tomonidan “Infratuzilma — farovonlik belgisi” loyihasi doirasida hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔍Uchrashuvda hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni amaliy yechimlar asosida bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
👥Fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari tinglanib, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar hamda infratuzilmaga oid masalalarni hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
✅Uchrashuvning asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, mavjud muammolarga samarali yechim topish va fuqarolar uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting!