Do‘stlik MFYda yerдаn unumli foydalanish o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev hamda kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan Do‘stlik MFY hududida yerdan unumli va samarali foydalanayotgan fuqaro xonadoni o‘rganildi.
Tashrif davomida xonadonda yer maydonidan oqilona foydalanish, tomorqadan daromad olish hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.
Bunday tashabbuslar aholini tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga, bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.