35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-“Shalxar” saylov okrugi deputati K. Narchayevga biriktirilgan “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimi bilan hamkorlikda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limning tashkiliy faoliyati, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, hayvonlar kasalliklarining oldini olish, profilaktik emlash ishlari hamda epizootiyaga qarshi tadbirlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, joriy yilda 22 948 ta laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilgani, tekshiruvlar natijasida yuqumli kasalliklar aniqlanmagani hamda veterinariya-sanitariya nazorati muntazam olib borilayotgani o‘rganildi.

Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan 11 ta qonun buzilishi holati bo‘yicha tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, sohani rivojlantirish uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari, reaktivlar, transport vositalari va moddiy-texnik bazani yaxshilash zarurligi ham o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida veterinariya sohasida qonun talablarining amalda bajarilishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratildi.

Slide 1 of 3