Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A. Ergashev, kotibiyat mudiri A.Yursunov, tuman hokimining birinchi
o‘rinbosari A. Ro‘zmatov hamda kommunal soha vakillari ishtirokida Oq Oltin MFY hududida suv minorasi o‘rnatish uchun belgilangan joy ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida hududda aholi sonining ortib borishi va zichlashuvi natijasida yuzaga
kelayotgan ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar muhokama qilindi. Suv minorasi o‘rnatilishi uchun belgilangan
hududning holati, mavjud infratuzilma va texnik imkoniyatlar joyida o‘rganilib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqildi. Mazkur ishlar Oq Oltin MFY aholisini barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda hududdagi suv ta’minoti muammosini bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan.