#Deputat_sorovi
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 84-ds-377-26-son deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda Maniobod mahallasi hududidagi D-067 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida joylashgan chorrahaga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur chorrahada transport vositalari va piyodalar harakatining xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotga chorrahani o‘rganib chiqish va svetofor o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat qilindi.
Mazkur deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori talablari asosida yuborildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|