Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALARning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat X. Ziyodullayev tomonidan A.Temur mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonligi, shuningdek, yoritilish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yashovchilar bilan muloqot davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar belgilab olindi.