Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
“DOLZARB-40 KUNLIK”: UCHTEPA MAHALLASIDAGI ISHLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB-40 KUNLIK”: UCHTEPA MAHALLASIDAGI ISHLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov Uchtepa tumanidagi mahallalarda bo‘lib, “Dolzarb-40 kunlik” doirasida hududda olib borilayotgan obodonlashtirish, sanitariya-tozalik va targ‘ibot ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Tadbirda mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, mahalla hududini ozoda va obod saqlash, aholi xonadonlari va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, hashar ishlarini tizimli tashkil etish hamda fuqarolarning bu jarayondagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🧹 Deputat Muxtor Ilhomov hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla ichki ko‘chalari va jamoat joylarining sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🗣 Muloqot davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda xonadonlar va umumiy foydalanishdagi hududlarda xavfsizlik talablariga amal qilish zarurligi ham ta’kidlandi.

📋 Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla faollari va mas’ullar bilan hududdagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi. Aholini qiynayotgan masalalarni joyida aniqlash, fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 “Dolzarb-40 kunlik” doirasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ichki ko‘chalar va jamoat joylarida ozodalikka rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputat Muxtor Ilhomov mahallani obod qilish faqatgina muayyan muddatdagi tadbir emas, balki aholi, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlarning doimiy hamkorligini talab qiladigan jarayon ekanini ta’kidlab, amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4