Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Lochin MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Lochin MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Lochin mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni yanada fayzli qilish ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida bolalar maydonchasi va uning atrofi, piyodalar yo‘laklari hamda yashil hududlarni tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududda tozalikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning sifati muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5