Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI HOLATI JOYIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI HOLATI JOYIDA O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Kamolitdin Azizov tomonidan Prezidentimiz raisligida yoqilg‘i-energetika sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida okrugidagi Sharq Yulduzi mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡ O‘rganish jarayonida hududdagi 14-10-5-sonli gaz taqsimlash punkti (GTP) hamda 2045 va 2230-sonli transformator punktlari (TP)ning texnik holati mas’ul mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Ularning kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

📇 Shuningdek, hududdagi 186-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ham o‘rganildi. Muassasa 420 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda unda 393 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Elektron navbatda 1 200 nafar bola ro‘yxatda ekani, shundan 268 nafari 3 yoshga to‘lgani aniqlandi. Mazkur holat muassasa quvvatini kengaytirish va qo‘shimcha bino qurish zarurligini ko‘rsatishi qayd etildi.

👨‍💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Kamolitdin Azizov, S.Djalolov hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etib, aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

📝 O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim muassasasining quvvatini oshirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9