35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Baxmal Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.

🔰Xalq deputatlari Baxmal Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.


Ozodlik va taraqqiyot ramzi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Baxmal tumani Novqa mahallasida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Baxmal  tumani Kengashi deputati  X.Saidova alohida faollik ko‘rsatib, o‘z saylov okruglarida targ‘ibot va amaliy tadbirlarni izchil tashkil etmoqdalar.

Deputatlarning bevosita mahallalarda, aholi xonadonlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida hududlarni ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini yuksaltirishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 6