Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan 6-Tog‘ saylov okrugi hududida joylashgan Xotira bog‘ining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududining obodonlashtirilganlik darajasi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi, sug‘orish tizimining holati, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, yoritish moslamalari hamda hududdagi sanitariya-tozalik qoidalariga rioya etilishi batafsil ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralarni ko‘rish, bog‘ hududini yanada obodonlashtirish, yashil hududlarni sifatli parvarishlash hamda fuqarolar uchun qulay va ozoda dam olish maskanini saqlab qolish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan saylov okruglaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar holatini o‘rganish, ularni obodonlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tizimli nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4