Yangiliklar

📚 Kitobxonlik va huquqiy savodxonlik yo‘lida muhim uchrashuv

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Bekobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–280-son Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsad va vazifalari, axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 2