Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputati U.Xudoyqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Uchquduq tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Budjet qonunchiligi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman budjeti mablag‘larining shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi, budjet intizomiga rioya etilishi, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda amaldagi qonunchilik talablarining bajarilish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan fikr almashilib, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4