Yangiliklar

88-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shahar rahbari tomonidan ta’lim muassasasini zamon talablari asosida rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 Shuningdek, hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, ichki yo‘llar va infratuzilma obyektlarini yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 Belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 Farzandlarimiz uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish — kelajak avlod kamoloti yo‘lidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 1