Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan Tinchlik mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar mahallada oilaviy ajrimlar qayd etilmagan. Shuningdek, 10 nafar xotin-qizning pillachilik yo‘nalishida mavsumiy ish orqali bandligi ta’minlangani ma’lum qilindi.