Yangiliklar

Zarbdor tumani aholisi diqqatiga!

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 15-maydagi "Viloyatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va xizmat ko‘rsatish sohasida ta’riflarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-29-144-3-0-K/26-son qaroriga asosan viloyatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi majburiy to‘lovlar narxi yangi tariflar bo‘yicha o‘zgartirildi:

1) Jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun - 1 kishi uchun — 8 500 so‘m (QQSsiz);

2) Qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun yuridik shaxslardan 1 tonna chiqindi uchun —140 000 so‘m (QQSsiz).