Yangiliklar

Mahalladagi kriminogen holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri,
10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan Tinchlik mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar mahalla hududida jinoyat sodir etilmagan bo‘lib, hozirgi kunda hudud “yashil hudud” sifatida qayd etilmoqda.