🏛 Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mavjuda Bektasheva tomonidan Madaniyat MFYda mahalla yettiligi hamda nuroniylar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Shuningdek, deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘rganildi va bu boradagi ishlar mahalla faollari bilan birgalikda muhokama qilindi.
📂 O‘rganishlar jarayonida aniqlangan masalalarni hal etish, aholini qo‘llab-quvvatlash hamda manzilli yordam ko‘rsatish yuzasidan ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
📣 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.