Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Abay mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

 O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, 2026-yilning o'tgan davri davomida mahallada 117 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 10 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ular orqali 21 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

 Aholini tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida 220 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashilgan. Shu bilan birga, hozirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 3 nafar fuqaroning hujjatlari tayyorlanib, banklarga taqdim etilgan.

 Hokim yordamchisining bevosita tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan qo‘shimcha ravishda 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, bu esa mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida aholi daromadlarini oshirish, o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

 O‘rganish yakunlari yuzasidan mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy deputat nazoratida bo‘lib, kelgusida ham tizimli monitoring asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2