Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan aholi murojaati asosida amaliy ishlar olib borildi.
💧 Jumladan, “Naymanko‘l” OFY aholisi tomonidan mahalla markazidagi ko‘chalarda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun oqaba suv yetkazib berish masalasi ko‘tarilgan edi.
📩 Ushbu muammo yuzasidan deputat tomonidan Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi boshlig‘i A.Nazarovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
🔍 Mutasaddilar tomonidan masala atroflicha o‘rganilib:
▪️ zarur chora-tadbirlar ko‘rildi
▪️ aholi murojaati inobatga olindi
▪️ muammo ijobiy hal etildi
🌱 Hozirgi kunda tomorqa yerlarini sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilib, amalda davom etmoqda.