Yangiliklar

Mahalladagi o‘rganishlar

Mahalladagi o‘rganishlar: Murojaatlar e’tibordan chetda qolmaydi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov "Saroy" MFY binosida bo‘lib, mahalla faollari va "mahalla yettiligi" bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

🔎 Uchrashuv davomida:
🔹 "Mahalla yettiligi"ning kundalik faoliyati va ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi;
🔹 Aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning yechimi, ijro muddati va sifati tahlil qilindi;
🔹 Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda deputat va mahalla hamkorligini kuchaytirish masalalari kelishib olindi.

Deputat har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini ta’kidlab, muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Xalq bilan muloqot — asosiy maqsadimiz!

 

Slide 1 of 2