Yangiliklar

Yoshlar masalalari — sessiya kun tartibida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman Yoshlar maslahat guruhi raisi Sh.Jumamuratov bilan hamkorlikda muhim masalalarni ko‘rib chiqdilar.

🤝 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashilib, kelishib olindi:

▪️ Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish

▪️ OAV orqali chiqishlarni faollashtirish

▪️ Faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘qish shartnoma to‘lovlarini qoplash masalasi

📋 Mazkur taklif va tashabbuslarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha kelishib olindi.

🌱 Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchidir. Ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda!