Bugun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
Mahalla drayverlaridan kelib chiqib, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash borasidagi loyihalar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, mahallaning me’moriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarida aholi faolligini oshirish masalalari muhokama etildi. Mutaxassis tomonidan deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni tizimli tashkil etish maqsadida rejalashtirilgan uchrashuvning tashkiliy jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.