Yangiliklar

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati G. Allanova hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Kamolova tomonidan “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 36-sonli oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida:

— aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish holati,

— shifokor va hamshiralarning ish faoliyati,

— dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi,

— tibbiy jihozlar holati hamda ulardan foydalanish samaradorligi,

— navbatlar tashkil etilishi va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati batafsil tahlil qilindi.

 Shuningdek, muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari, taklif va e’tirozlari tinglandi.

 O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5