Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
2026 yil 5 mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir yoshlarning fikr va takliflarini tinglash hamda ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
Deputat yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim ekanini ta’kidlab, bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini qayd etdi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.