Yangiliklar

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi hamkorligida mahalla yettiligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari Kengash raisi P.Ro'ziboyev ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla tizimi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, joylarda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1