Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 9-Bobur saylov okrugidan saylangan deputati Umarboyev Kamol Xakimyanovich Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Yoshlar qanoti raisi Qodirov Bexruz Umidjonovich boshchiligidagi faol yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvning eng muhim qismi sifatida, partiyaning faol yoshlari tomonidan koʻtarilgan dolzarb muammolar va takliflar tinglandi. Ushbu muammolarni tizimli asosda va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ishlash, jumladan, deputatlik nazoratidan samarali foydalanishga kelishib olindi.
Yoshlar bilan doimiy muloqotni yo'lga qo'yish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon