Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari A. Tursunbayev va N. Niyozov tashabbusi bilan, pasport olish yoshiga yetgan, biroq bu jarayonda muammolarga duch kelayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi va ularga huquqiy maslahatlar berildi.
Pasport yoshiga yetgan, biroq hujjatlarni rasmiylashtirishda turli sabablarga ko‘ra (masalan, hujjatlarning yetishmasligi, ma’lumotlardagi xatoliklar yoki boshqa byurokratik jarayonlar) muammolarga duch kelayotgan yoshlarga amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatish.
Uchrashuv davomida deputatlar yoshlarning har birining holatini alohida tingladilar. Deputatlar tegishli davlat idoralariga murojaat qilish tartibi, zaruriy hujjatlar ro‘yxati hamda muammolarni qisqa fursatda hal etish yo‘llari bo‘yicha to‘liq huquqiy maslahatlar berdilar.