Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Kuzenbayev Bekaris Akmurzayevich tomonidan 11-sonli maktabda “Dolzarb 90 kunlik” bo‘yicha olib borilayotga ishlar o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.
янв.21
“DOLZARB 90 kun”lik tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Xudoyqulov Umar Xolmamatovich oʻrganish ishlari olib bordi
янв.21
3-maktabni "DOLZARB 90 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Salimov Umrbek Toirovich oʻrganish ishlari olib bordi
янв.21
Бугун ЎзЛиДеП Учқудуқ туман Кенгаши ташаббуси билан депутатлик гуруҳи эшитуви ташкил этилди
янв.21
"DOLZARB 90 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Salimov Umrbek Toirovich oʻrganish ishlari olib bordi.
янв.21
"DOLZARB 90 kun"lik tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Raximov Ikrom Bobomurodovich oʻrganish ishlari olib bordi
янв.21
Мустаҳкам оила, фаол хотин-қизлар жамият фаровонлигини белгилайди
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK #HARBIY_SPORT_MUSOBAQASI
янв.21
“Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI

 MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI 

O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya va isloh qilish jarayonlarida mahalliy davlat hokimiyatining, xususan vakillik organlari – Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘rni juda muhim. Mahalliy Kengashlar faoliyati bosqichma-bosqich rivojlantirib, vakolatlari kengaytirib borilmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan 20 dan ortiq qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, Mahalliy Kengashlarning faoliyatiga oid 700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, 300 dan ortiq funksiyalar maqbullashtirildi.

Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etish, xalqning bevosita ixtiyori asosida qaror qabul
qilish talab etiladigan jami 33 ta vakolat mahalliy Kengashlarga berildi.

Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilib, hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyil mahalliy darajada ham belgilab qo‘yildi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiya mamlakatimizda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirishning maqsad va ustuvor vazifalari, istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilaydi hamda sohaga oid chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

Konsepsiyadan qanday yangiliklarni kutish mumkin?

Tasdqilangan Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”da 50 dan ortiq vazifalar ko‘zda tutilgan. Jumladan: - mahalliy byudjet loyihasini shakllantirishda hududlar toifasidan kelib chiqib, mahalliy byudjet xarajatlarining 3-5 foiz qismi bevosita mahalliy Kengash deputatlarining tashabbusi asosida yo‘naltirilishini belgilash;

- mahalliy Kengashlarda “Kengash soati”ni joriy qilish, bunda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida ijro hokimiyati organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

- mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida
fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish imkoniyatini yaratish;

- saylov huquqiga ega bo‘lgan kamida 1000 nafar fuqaro tomonidan tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5000 nafar
fuqaro tomonidan viloyat va Toshkent shahar Kengashiga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan murojaat kiritish huquqini berish;

- Xalq deputatlari mahalliy Kengash raisi o‘rinbosari, shuningdek sessiyalar oralig‘ida tezkor masalalarni
hal etish maqsadida Kengash rayosati institutini joriy etish kabi qator muhim vazifalar belgilanmoqda.

Kuchaygan mahalliy vakillik organlari nima beradi?

Birinchidan, haqiqiy jamoatchilik nazorati ta’minlanadi. Agar Kengashlar mustaqil, bilimli va mas’uliyatli a’zolardan tarkib topsa, ular mahalliy ijro organlari faoliyatini samarali nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa byurokratiya, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini oladi.

Ikkinchidan, xalq ichidagi adolatni qaror toptirishga erishiladi. Vakolatli va mustaqil Kengashlar
mahalliy adolatni ta’minlashda asosiy platformaga aylanadi. Masalan, biror tuman yoki shaharda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ta’lim, tibbiyot, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqa shu kabi masalalarda aholining fikri va talabini davlat siyosatiga aylantirish imkoni yuzaga keladi, kundalik muammolar
siyosiylashadi va ijro organlarining mas’uliyati oshadi.

Uchinchidan, mahalliy tashabbuslar uchun huquqiy zamin yaratiladi. Aholining tashabbuslari aynan mahalliy Kengashlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, mahallada yangi bog‘cha ochish yoki ekologik loyiha amalga oshirish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashi loyiha tashabbuskori bo‘lishi mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish o‘rinliki, davlat boshqaruvidagi haqiqiy yangilanish mahalliy vakillik organlarining faol va kuchli tuzilmaga aylanishi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Chunki mahalliy muammoni eng yaxshi anglaydigan ham, uni hal qilishda tashabbus ko‘rsata oladigan ham aynan shu organlar sanaladi.

Shu bois mahalliy Kengashlarni faoliyatga layoqatli va ta’sirchan institut sifatida kuchaytirish – O‘zbekistondagi siyosiy islohotlar muvaffaqiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.

 Dilnur A’zamov, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi
deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi 

Slide 1 of 1