Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 9-“A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputati M.Adilova, shahar Kengashining doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov, “A.Navoiy” MFY “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda hududda yashovchi saylovchilarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar, shundan ichimlik suvi ta‘minoti, ichki yo‘l taʼmiri, elektr taʼminoti bo‘yicha qilgan murojaatlari o‘rganib chiqildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal qilish bo‘yicha choralar belgilanib, tegishli korxona va tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.